O'qituvchilar uchun dars quroli
Darsni professional darajada o'ting
Interaktiv darslik, sinf doskasi, video, laboratoriya va AI yordamchi — bitta ekranda. Android doskada, Windows kompyuterda va istalgan brauzerda ishlaydi.
Hisobingiz bormi? Kirish
6–7-mavzu · Darslik: 28–35-bet
Eng qadimgi odamlar
Android interaktiv doska
Android 7 va yangilari
Windows va macOS kompyuter
Chrome, Edge, Firefox
Proyektor yoki televizor
kompyuterga ulangan
Planshet va telefon
uyda tayyorlanish uchun
Imkoniyatlar
Dars uchun kerak bo'lgan hamma narsa qo'l ostida
Kitob, doska va materiallarni alohida dasturlardan qidirmaysiz. Hammasi bir oynada, sinf doskasining katta tugmalari bilan.
Interaktiv darslik
Mavzu, rasm, o'yin va test bir sahifada. Bir bosishda asl qog'oz darslikning o'sha betiga o'tasiz.
Kitob ustiga chizish
Qalam va marker bilan muhim joyni belgilang. Sahifani pastga tushirsangiz, chiziq matn bilan birga qoladi.
Doska
Kitobdan kerakli qismni kesib, doskaga qo'ying va tushuntiring. Oq, katak, chiziqli yoki qora doska.
Video, audio, laboratoriya
Materiallarni darslikning aynan kerakli joyiga qo'ying. Dars vaqtida qidirib o'tirmaysiz.
AI yordamchi
Sahifaning bir qismini aylantirib belgilang — AI uni o'quvchilar tilida tushuntirib beradi.
Sinf o'yinlari
Arqon tortish, so'z qidirish va boshqa o'yinlar bilan mavzuni mustahkamlang.
Doska rejimi
Sinfdagi istalgan ekran — dars doskasi
Android interaktiv doska, Windows kompyuter yoki proyektor — farqi yo'q. Brauzerda bitta manzilni oching, qolganini platforma o'zi qiladi.
- 1
Sinfdagi ekranda brauzerni oching
Manzil qatoriga rova.uz/board deb yozing. Ekranda 6 xonali kod va QR-kod chiqadi.
- 2
Doskani maktabga ulang
Maktab rahbari kabinetda «Doskalar» bo'limiga kodni kiritadi yoki telefon bilan QR-kodni skanerlaydi. Bu bir marta qilinadi.
- 3
Darsni boshlang
Doskada maktab kitoblari, laboratoriyalar va bo'sh doska tayyor turadi. O'qituvchi o'z kitoblarini telefonidagi 6 xonali kod bilan ochadi.
Android doskalar uchun ilova
Rova Doska · ixtiyoriy
- Doska yoqilishi bilan dars ekrani ochiladi
- O'quvchilar boshqa ilovalarga kira olmaydi
- Kitoblarni oldindan yuklab, internetsiz ishlaydi
Internetsiz ham
Kitoblar doskaning o'zida saqlanadi.
Katta tugmalar
Barmoq bilan bosishga qulay.
Qanday boshlanadi
Uch qadamda tayyor
Texnik mutaxassis shart emas. Maktab rahbari bir marta sozlaydi, o'qituvchilar esa darhol dars o'tadi.
- 01
Maktabni ro'yxatdan o'tkazing
Maktab nomi va rahbar ma'lumotlari bilan bir daqiqada hisob oching.
- 02
O'qituvchi va kitoblarni qo'shing
O'qituvchilarga login bering, maktab kutubxonasiga kerakli darsliklarni tanlang.
- 03
Doskalarni ulang
Har bir sinf ekranida rova.uz/board ni ochib, chiqqan kodni kabinetga kiriting.
Siz o'qituvchimisiz?
Maktabingiz rahbaridan login so'rang yoki maktabni o'zingiz ro'yxatdan o'tkazing. Kirgach, «Kutubxonam» dan kitobni oching — barcha asboblar pastki panelda.
Savollar
Ko'p so'raladigan savollar
Qaysi qurilmalarda ishlaydi?+
Brauzeri bor har qanday qurilmada: Android interaktiv doska, Windows yoki macOS kompyuter, proyektorga ulangan noutbuk, planshet va telefon. Hech narsa o'rnatish shart emas.
Doska rejimini qanday ochaman?+
Sinfdagi ekranda brauzer orqali rova.uz/board manzilini oching. Chiqqan kodni maktab rahbari kabinetdagi «Doskalar» bo'limiga kiritadi — shundan keyin doska maktab kitoblarini ko'rsatadi.
Android ilovasi shartmi?+
Yo'q. Ilova faqat qulaylik uchun: Android doska yoqilishi bilan darhol dars ekrani ochiladi va o'quvchilar boshqa ilovalarga kira olmaydi. Brauzerda ham hammasi ishlaydi.
Internet uzilib qolsa-chi?+
Ulangan doska maktab kitoblarini oldindan yuklab oladi, shuning uchun internet uzilsa ham dars davom etadi. Faqat videolar internet bilan ochiladi.
Kitobga o'z videom yoki laboratoriyamni qo'sha olamanmi?+
Ha. Kabinetda kitobni oching, «Kitobga material qo'shish» ni bosing, turini tanlang va kitobdagi joyni bosing. Video, audio, laboratoriya, test, rasm, taqdimot va havolalarni qo'shish mumkin.
O'quvchilar ham foydalana oladimi?+
Ha. O'qituvchi sinf yaratadi, o'quvchilarga login beradi va kerakli kitoblarni biriktiradi. O'quvchi uyda ham o'sha kitobni ochadi.
Keyingi darsingizni Rova AI bilan o'ting
Ro'yxatdan o'ting, sinfdagi ekranda doskani oching va birinchi kitobni oching.